Vazifani belgilang
Nom, mas’ul va muddatni kiriting. Kerakli fayl va izohlarni qo‘shing.
JAMOANGIZ UCHUN ISH MAYDONI
Vazifalar, loyihalar va muddatlarni yagona tizimda boshqaring. Kim nima qilayotgani va qayerda yordam kerakligini ko‘ring.
ODDIY ISH TARTIBI
Jamoa nima qilishini biladi, rahbar esa ishning qayerga yetganini ko‘radi.
Nom, mas’ul va muddatni kiriting. Kerakli fayl va izohlarni qo‘shing.
Xodim ishni bajaradi. Eslatmalar va vazifa holati kelishilgan muddatni kuzatishga yordam beradi.
Tayyor ishni tekshiring, qabul qiling yoki izoh bilan qayta ishlashga yuboring.
KUNDALIK ISH UCHUN
Vazifani rejalashtirishdan jamoa natijasini tahlil qilishgacha.
O‘zingizga, xodimga yoki jamoaga vazifa bering. Mas’ul, loyiha va muddat bir joyda.
Loyiha ishlarini jamlang. Mijoz kabineti orqali natijalar va tasdiqlarni kuzating.
Vazifa va eslatmalarni bot orqali oling. Mini App ichida ishni ko‘rib, natijani yuboring.
Bugungi va keyingi ishlarni tartiblang. Xodim o‘z rejasini qo‘l ostida saqlaydi.
Jamoa yuklamasi, ish jadvali, kelish-ketish va davomat hisobotlarini ko‘ring.
Davr natijalarini solishtiring, kechikish sabablarini ko‘ring va tizim ma’lumotlari haqida savol bering.
Kelishilgan narx, to‘lovlar va xarajatlarni loyiha bilan bog‘lang. Foyda va marjani kuzating.
Yo‘riqnomalar va ish uchun kerakli bilimlarni jamoa foydalanadigan bir joyda saqlang.
CEO, bo‘lim rahbari va xodim uchun vakolatga mos ish maydoni. Menyuni kundalik ishga moslang.
PLATFORMA AMALDA
Workflow vazifa ro‘yxatidan tashqari, rejalashtirish, ijro, tekshirish va tahlil jarayonlarini birlashtiradi.
Masalan, mijoz uchun reklama kampaniyasini tayyorlash kerak.
Xodim bugun nima qilishini va qaysi ish birinchi ekanini ko‘radi.
“Bajarildi” belgisi ortida qaysi natija borligini ko‘ring.
Bitta mijozga tegishli ishlar turli joyda qolib ketmaydi.
Rahbar yordam kerak bo‘lgan joyni raqamlar orqali aniqlaydi.
Kompyuterda ham, telefonda ham asosiy ishlar qo‘l ostida.
HAR KIMGA O‘Z ISH MAYDONI
Kompaniya va bo‘limlar natijasi, yuklama hamda e’tibor talab qiladigan ishlar.
Jamoaga vazifa berish, ishlarni taqsimlash va natijalarni tekshirish.
Shaxsiy vazifalar, haftalik reja, muddatlar va natija topshirish.
O‘z loyihasidagi natijalarni ko‘rish, fayllar va tasdiqlash jarayoni.
Kompaniya tuzilmasi, xodimlar soni va Telegram sozlamalariga qarab ishga tushirish jarayoni bir necha kunda yakunlanadi. Oddiy jamoalar tezroq, ko‘p bo‘limli kompaniyalar esa bosqichma-bosqich sozlanadi.
JAMOANGIZ BILAN TANISHAMIZ
Ma’lumotlaringizni qoldiring. Jamoamiz siz bilan bog‘lanib, demo vaqtini kelishadi.
Mavjud akkauntingiz bormi? Kirish